Eden Azar futboldagi kumiri kim ekanligini aytdi
Azar 2019–2021-yillar oralig‘ida Zidan qo‘l ostida “Real Madrid” jamoasida to‘p surgan.
ФОТО: Getty images
“Real” va Angliyaning “Chelsi” klublari sobiq futbolchisi Eden Azar fransiyalik afsonaviy futbolchi Zinedin Zidanni o‘zining kumiri ekanligini ta’kidladi.
Sobiq vinger SoccerBible nashriga bergan intervyusida 1998-yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasining o‘yinlarini tomosha qilganini aytdi:
“Kumirim kim? Juda oson savol berdingiz. Bu — “Zizu”. Men va akalarim 1998-yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasining o‘yinlarini tomosha qilganmiz. Zidan esa shubhasiz, mening eng sevimli futbolchim edi.”
Ma’lumot uchun, Eden Azar 2019–2021-yillar oralig‘ida Zidan qo‘l ostida “Real Madrid” jamoasida to‘p surgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist