Eden Azar APL Shon-sharaf zali a'zosiga aylandi
Belgiyalik futbolchi Premyer-ligada faqat «Chelsi» safida toʻp surgan.
FOTO: Getty Images
Londonning «Chelsi» klubi sobiq yulduzi Eden Azar APL Shon-sharaf zaliga kiritildi. Bu haqda liga matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.
Belgiyalik futbolchi Premyer-ligada faqat «Chelsi» (2012-2019) safida toʻp surgan. U London klubi bilan ikki marta Angliya chempioni, shuningdek, Liga kubogi va Angliya kubogini qoʻlga kiritgan.
Bundan tashqari, Azar «aristokratlar» bilan ikki marta Yevropa ligasida gʻalaba qozongan.
Maʼlumot uchun, 2024 yilda ushbu roʻyxatga «Chelsi»ning sobiq futbolchilari Jon Terri va Eshli Koul hamda «Manchester Yunayted» afsonasi Endi Koul ham kiritilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist