locale OZ

Edem Nemanov «Dinamo» bilan shartnomani uzaytirdi

U 2026 yil oxirigacha “Dinamo” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Edem Nemanov «Dinamo» bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

“Dinamo” PFK shartnomasi yakuniga yetayotgan bir qator o‘yinchilar bilan hamkorlikni davom ettirishda davom etmoqda.

2025 yilgi mavsum boshida jamoamiz safiga qo‘shilgan darvozabon Edem Nemanov Vadim Abramov murabbiyligida katta o‘sishga erishdi va “Dinamo”ning o‘z tarixidagi eng yaxshi natijasini takrorlashiga hamda kubokda yarim finalgacha yetib borishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Samarqanddagi o‘yinlari orqali O‘zbekiston olimpiya jamoasidan ham chaqiruv olib, munosib o‘yin ko‘rsatdi. Jamoamiz 21 yoshli darvozabon bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirdi va u 2026 yil oxirigacha “Dinamo” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

"Umid qilamizki, mamlakatimizning eng iqtidorli posbonlaridan biri sanalmish Edem Nemanov 2026 yilgi mavsumda ham “Dinamo” sharafini munosib himoya qilib, bildirgan ishonchni oqlaydi", — deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting