locale OZ

EChL. \"Real\" Madridda ham \"Arsenal\"ga yutqazib, turnirni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
EChL. "Real" Madridda ham "Arsenal"ga yutqazib, turnirni tark etdi
Photo: Getty Images

Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali javob o‘yinlari yakunlandi. “Real” Madriddda “Arsenal” bilan kuch sinashdi.

Madridda kechgan bahsda «Real» «Arsenal»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Dastlab 13-daqiqada Saka penaltidan foydalana olmadi. Keyinchalik Bukayo 65-daqiqada baribir hisobni ochdi. Ikki daqiqa o‘tib, Vinisius muvozanatni tikladi. So‘nggi daqiqalarda Martinelli “to‘pchilar”ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

EChL. Chorakfinal. Javob uchrashuv

Real – Arsenal 1:2

Gollar: Vinisius 67 – Saka 65, Martinelli 90+3.

“Real”:Kurtua,Alaba (Garsiya, 61),Vaskes (Endrik, 61),Ryudiger,Asensio (Modrich, 74),Bellingem,Chuameni,Valverde,Vinisius,Mbappe (Dias, 75),Rodrigo (Sebalos, 61).

"Arsenal": Raya, Timber, Saliba, Kivyor, Lyuis-Skelli, Edegor, Parti, Rays, Saka, Merino, Martinelli.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting