locale OZ

Dzyudochilarimiz ishtirokida o‘tadigan Qingdao Grand Prix 2026 turniriga qur’a tashlandi

Ertaga Xitoyning Sindao shahrida navbatdagi "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirga start beriladi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Dzyudochilarimiz ishtirokida o‘tadigan Qingdao Grand Prix 2026 turniriga qur’a tashlandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ertaga Xitoyning Sindao shahrida navbatdagi "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirga start beriladi.

Biroz avval mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi va dunyoning 57 davlatidan roppa-rosa 500 nafar dzyudochi qatnashadigan ushbu nufuzli Qingdao Grand Prix 2026 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijaciga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillarining dastlabki raqiblari aniqlandi. Uch kun davomida dzyudochilarimiz Sindao tatamilarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishi, Olimpiada-2028 yo‘lidagi muhim reyting ochkolarini to‘plab borishi kerak bo‘ladi.

Qingdao Grand Prix 2026. Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:

Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov — Jin Feng (Xitoy)
-60 kg: Bahrom Boturov — Ismael Diyego (Braziliya)
-66 kg: Abdurahim Nutfullayev — Kubanichbek Aybek uulu (Qirg‘iz Respublikasi)
-66 kg: Dilshod Hamroyev — Juzeppe De Tullio (Italiya)
-73 kg: Shahram Ahadov — Valterri Olin (Finlyandiya)/Omar Al Shehada (Suriya)
-73 kg: Elbek Tojiyev — Ioan Dzitak (Ruminiya)
-81 kg: Arslonbek Tojiyev — Aureliyan Bonferroni (Shveysariya)
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev — Enzo Trombini (Braziliya)
-90 kg: Davlat Bobonov — Kinaritu (Xitoy)
-90 kg: Nurbek Murtazoyev — Aron Santamariya (Ispaniya)/Roy Sivan (Isroil)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev — Jeng Ruiksin (Xitoy)

Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova — Huh Mio (Koreya Respublikasi)
-48 kg: Sevinch Murodova — Morgan Annis (Fransiya)
-52 kg: Sita Kadambayeva — Gefen Primo (Isroil)
-52 kg: Muhayyo Axmatova — Jeng Yuyi (Xitoy)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Yamini Mouriya (Hindiston)/Sosorbaram Lhagvasuren (Mo‘g‘uliston)
-63 kg: Marjona Nurullayeva — Narumi Tanioka (Yaponiya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva — Miryam Butkereyt (Germaniya)
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva — Sudaba Agayeva (Ozarbayjon)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Aruna Jangeldina (Qozog‘iston)
-78 kg: Marjona Ko‘chimova — Aleksandra Ryabchenko (Rossiya)
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Aida Toishibekova (Qozog‘iston)
+78 kg: Umida Nig‘matova — Luis Voyta (Germaniya)

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting