Dushan Vlahovich \"Al-Ahli\"ning taklifini rad etdi
Saudiya klubi katta maosh va'da qilgandi.
Photo: Getty Images
“Yuventus” hujumchisi Dushan Vlahovich Saudiya chempionatidan tushgan taklifni rad etdi.
TuttoMercatoWeb xabariga ko'ra, serbiyalik forvardga “Al-Ahli” jamoasi tomonidan jiddiy taklif bo'lgan. Klub Dushan uchun yiliga 20 million yevro maosh va 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan.
Shunga qaramay, u Saudiyaga yo'l olishni istamadi. “Yuventus” ham futbolchidan tezroq qutulish yo'llarini izlamoqda.
"Yuventus" Vlahovichni sotish orqali "Lill"ni erkin agent sifatida tark etayotgan Jonatan David bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Bahrom Bobonov
Redaktor