locale OZ

Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiylari e’lon qilindi

Reytingda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi birinchi o‘rinni egalladi.
Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiylari e’lon qilindi
Foto: Getty Images

Dunyo futbolidagi eng yuqori maosh oladigan murabbiylar ro‘yxati e’lon qilindi. Reytingda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bosh murabbiyi Simone Inzagi birinchi o‘rinni egalladi. Italiyalik mutaxassisning yillik maoshi 25,75 million yevroni tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinda Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone joylashgan — argentinalik mutaxassis yiliga 23,3 million yevro oladi. Yaqinda PSJ bilan yangi shartnoma imzolagan Luis Enrike esa 20 million yevrolik yillik maosh bilan kuchli uchlikni yakunladi. Uning avvalgi shartnomasi bo‘yicha maoshi 12 million yevro edi.

Keyingi o‘rinlarni “Arsenal” ustozi Mikel Arteta — 17,4 million yevro va “Nottingem Forest” bosh murabbiyi Oliver Glasner — 15 million yevro bilan egallagan. “Chelsi” murabbiyi Xabi Alonso esa yiliga qariyb 13,5 million yevro maosh olmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur reytingda faqat murabbiylarning klublar bilan tuzgan shartnomalari bo‘yicha yillik maoshlari hisobga olingan. Reklama, homiylik va boshqa faoliyatlardan olinadigan qo‘shimcha daromadlar hisob-kitobga kiritilmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting