Dumfris: «Shubhasiz menga APLdan taklif bo'ldi»
Niderlandiyalik 29 yoshli futbolchi APLga o'tishi mumkinligi hamda Italiya «A» seriyasi haqida fikr bildirdi.
Photo: gettyimages
Niderlandiya va «Inter» futbolchisi Danzel Dumfris Angliya premyer-ligasiga o'tishi mumkin bo'liganligi haqida fikr bildirdi.
«Italiya «A» seriyasida o'ynayman va «Inter»da o'zimni qulay his qilmoqdaman. Lekin premyer - ligada ham yaxshi o'yin namoyish eta olar edim.
Shubhasiz menga qiziqishlar bo'ldi. APL o'zining shiddati va qizg'inligi bilan mashxur. «A» seriya esa taktik jihatdan dunyodagi eng qiyin ligalardan biri hisoblanadi», - dedi futbolchi.
Niderlandiyalik 29 yoshli yarimhimoyachi yangi mavsumning 2 o'yinida maydonga tushdi va bir marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor