locale OZ

Duglas Kosta — «Al-Ittifoq» futbolchisi

Ushbu klub BAAning 2-ligasida ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Douglas Costa — 'Al Ittifoq' futbolchisi
ФОТО: Getty images

Braziliyalik tajribali vinger Duglas Kosta rasman 'Al-Ittifoq' klubiga o'tdi. Bu haqda BAA klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi yangi jamoasiga Italiya 'Kievo' klubidan ko'chib o'tdi. Kelishuvning moliyaviy shartlari va shartnoma muddati hozircha oshkor qilingani yo'q.

Ma'lumot uchun, “Al-Ittifoq” BAAning 2-ligasida ishtirok etadi. Bu jamoada 'Milan', 'Inter', 'Manchester Siti' va 'Liverpool' kabi top klublarda o'ynagan Mario Balotelli ham bor.

Duglas 'Juventus'dagi yorqin faoliyati bilan tanilgan. Shuningdek, u MLS va Avstraliya chempionatlarida ham o'ynagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting