locale OZ

Drogba SSKAda o‘ynaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Drogba CSKAda o‘ynaydi
FOTO: Getty Images

SSKA UEFA kubogini qo‘lga kiritganining 20 yilligi munosabati bilan Yevropa klublari afsonalari terma jamoasiga qarshi o‘yin tayyorlamoqda.

Ushbu o‘yinda o‘tmishda mashhur bo‘lgan futbolchi Didier Drogba ishtirok etadi. "Harbiylar" matbuot xizmati ivuarlik futbolchining ushbu o‘ziga xos o‘yinga kelishini e’lon qildi.

"Uning telefon raqamini bizga Yuriy Jirkov iltifot bilan ulashdi," — deyiladi SSKA nashrida.

Xabaringiz bor, Yuriy Jirkov futbolchilik faoliyati davomida ikki yil davomida (2009-2011) "Chelsi" sharafini himoya qilgan.

SSKA afsonalari jamoasining Yevropa klublari terma jamoasiga qarshi o‘yini 18 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, SSKA 2005 yil 18 may kuni finalda Lissabonning "Sporting" klubini mag‘lub etib, UEFA kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting