Dovbik qishda «Roma»ni tark etmoqchi
Klub ikki nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi.
ФОТО: Getty images
“Roma” hujumchisi Artyom Dovbik agenti bilan klubini o‘zgartirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Football Italia nashrining yozishicha, “bo‘rilar” rahbariyati ukrainalik 28 yoshli futbolchi va irlandiyalik hujumchi Evan Ferguson bilan xayrlashishga tayyor.
Shundan so‘ng, "Manchester Yunayted"dan Joshua Zirkzee, "Union"dan Promis Devid, "Nottingham Forest"dan Arno Kalimuendo kabi nomzodlar klub ro‘yxatida turibdi.
Dovbik ikkinchi mavsumini "Roma"da o‘tkazmoqda. Hujumchi A Seriyaning oltita o‘yinida bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist