Do’stlik Toshkent futbol akademiyasi yana bir muhim bosqichni ortda qoldirdi
Do'stlik klubi akademiyasining 2016-yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari Turkiyada tashkil etilgan xalqaro yig‘inda munosib ishtirok etishdi.
photo: Do'stlik FK
Do’stlik Toshkent futbol akademiyasi yana bir muhim bosqichni ortda qoldirdi.
Do'stlik klubi akademiyasining 2016-yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari Turkiyada tashkil etilgan xalqaro yig‘inda munosib ishtirok etishdi. Mazkur yig‘in davomida yosh futbolchilarimiz Turkiyaning yetakchi klublari — Istanbul Başakşehir, Trabzonspor, Beşiktaş hamda Fenerbahçe jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishdi.
Bu uchrashuvlar nafaqat tajriba, balki xalqaro darajadagi raqobat muhitini his qilish, o‘z ustida ishlash va kelajak uchun muhim saboq bo‘ldi.
Dostlik Toshkent klubi yosh iqtidorlarni rivojlantirish yo‘lida izchil davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor