locale OZ

Dortmundning \"Borussiya\" klubi vingeri, 19 yoshli Koul Kempbell faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi

Joriy mavsumda futbolchi Bundesliganing 3-turida "Xaydenxaym"ga qarshi o‘yinda 16 daqiqa o‘ynadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri, 19 yoshli Koul Kempbell faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi
photo: gettyimages

Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri, 19 yoshli Koul Kempbell faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, amerikalik futbolchi "Xoffenxaym" tomonidan 1,5 million yevro evaziga mavsum oxirigacha ijaraga olingan. "Xoffenxaym" Kempbellni 10 million yevroga sotib olish huquqiga ega.

Joriy mavsumda futbolchi Bundesliganing 3-turida "Xaydenxaym"ga qarshi o‘yinda 16 daqiqa o‘ynadi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 5 million yevroga baholamoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting