locale OZ

Donnarumma: «Holand meni «Siti»ga oʻtishga koʻndirishga koʻp vaqt sarfladi»

«Man Siti» darvozaboni «shaharliklar» safidagi faoliyati haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donnarumma: «Holand meni «Siti»ga oʻtishga koʻndirishga koʻp vaqt sarfladi»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoa hujumchisi Erling Holand uni «PSJ»dan aynan manchesterliklar safiga o‘tishga ko‘ndirgani haqida ma’lum qildi.

«Holand meni bu yerga kelishga juda uzoq vaqt davomida ko‘ndirdi. Men Gvardiola qo‘l ostida o‘ynayotganimdan juda xursandman», — deydi Donnarumma.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning 1 sentabr kuni «Manchester Siti» italiyalik golkiper bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilgan edi. Transfer summasi 35 mln yevroni tashkil etdi. 26 yoshli Donnarumma ingliz klubi bilan 2030. yil yozigacha mo‘ljallangan bitim tuzdi.

Avvalroq Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Janluiji Donnarummani 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni deb topgani haqida xabar qilingan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting