Doniyor Ismoilov «Alay»ga yo'l oldi
Futbolchi so'nggi mavsumni Pro liga ishtirokchisi "Aral" jamoasida o'tkazgandi.
Фото: Арал ПФК
O'zbekistonlik yarim himoyachi Doniyor Ismoilov faoliyatini Qirg'iziston chempionatida davom ettiradi.
Sports24.uz nashri xabar berishicha, futbolchi "Alay" jamoasi bilan bitim imzolagan.
Futbolchi so'nggi mavsumni Pro liga ishtirokchisi "Aral" jamoasida o'tkazgandi.
"Alay" hozirda Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu jamoada Mirzohid Mamatxanov, Jamshid Qobulov, Abdulloh Olimov kabi o'zbekistonlik futbolchilar to'p surmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist