locale OZ

Donis: «Ispaniyani to'xtatib qola olmadik, juda ko'p xatoga yo'l qo'ydik»

Saudiya Arabistoni 27 iyun kuni Kabo-Verde terma jamoasi bilan uchrashadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Donis: «Ispaniyani to'xtatib qola olmadik, juda ko'p xatoga yo'l qo'ydik»
ФОТО: Getty images

Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Georgios Donis Ispaniyaga qarshi o‘yin (0:4) natijalarini sarhisob qildi.

“Biz Ispaniyani o‘z jarima maydonchamiz yaqinida to‘xtatib qola olmadik va juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘yin o‘xshamaganida va tezda uchta gol o‘tkazib yuborsang, o‘ziga ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Biz jamoani tinchlantirdik, ammo bu futbolchilarga ta’sir qildi. Bunday holatlar yirik turnirlarda tez-tez uchrab turadi. Bu aniq. Bu yerda hech qanday qo‘rquv yo‘q, biroq ishlar yurishmaganda o‘ziga ishonchsizlik hissi paydo bo‘ladi.

Yamal kabi individual sifatlarga va bir-biriga qarshi vaziyatda aldab o‘tish qobiliyatiga ega futbolchilar maydonda farq yarata oladi. U buni Ispaniyada muntazam ravishda isbotlab kelmoqda. U optimal jismoniy holatga kirib olsa, yanada samaraliroq bo‘ladi”, — deya Donisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFA rasmiy sayti.

JCh-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistoni 27 iyun kuni Kabo-Verde terma jamoasi bilan uchrashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting