locale OZ

Doku jarohat tufayli safdan chiqdi

Bu haqda Nieuwsblad nashri xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Doku jarohat tufayli safdan chiqdi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku Angliya Superkubogi uchun "Arsenal"ga qarshi bahsda boldir mushagidan jarohat oldi. Bu haqda Nieuwsblad nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, belgiya futbolchisi APL doirasida kamida bitta o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

So'nggi vaqtlarda Doku nafaqat shoshilinch tibbiy yordam bo'limiga murojaat qilishiga sabab bo'lgan nafas yo'llarining og'ir infeksiyasiga, balki to'pig'idan olgan jarohatiga ham duch keldi. Shu sababli futbolchi jamoa bilan mavsumoldi tayyorgarligida to'liq ishtirok eta olmadi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Angliya Superkubogida "Arsenal"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting