Diyorbek Toirov: «Kattaqo‘rg‘on» bilan Superligaga chiqishni xohlayman»
“Kattarqo‘rg‘on” ilk turda “Aral” bilan bellashadi.
Фото: Каттақўрғон
1-tur uchrashuvi oldidan “Kattaqo’rg’on” yarim himoyachidi Diyorbek Toirovning fikrlarini bildirdi.
“Nukusga yaxshi kayfiyatda yo’l oldik. Mavsumga tayyormiz. Xudo xohlasa, g’alaba bilan qaytamiz. Bu biz uchun juda muhim bahs. Muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak.
Oson bo’lmasligi aniq. Lekin jamoadoshlarimga ishonaman. Birgalikda harakat qilsak, istalgan raqibni yenga olamiz…
Bu mavsum nafaqat jamoa, men uchun ham juda ahamiyatli. O’tgan yil birinchi ligada to’p tepgan edim. Endi esa 2026-yilning o’zida “Kattaqo’rg’on” bilan elitaga chiqishni xohlayman. Bu yo’lda borimni berishga tayyorman”, deydi iqtidorli yarim himoyachi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist