Diyora Xabibullayeva: “Xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz”
PHOTO: Telegram
Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi hamda Turkiyaning “Trabzonspor” klubi futbolchisi Diyora Xabibullayeva Xitoydagi turnir oldidan o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Avvalo Assalomu alaykum. Kechadan yig’inni boshlab oldik. Xudo xohlasa Osiyo chempionatidan oldin Xitoydagi turnirga hozirlik ko’ryapmiz. Chin yurtida oʻtkaziladigan turnir Osiyo chempionati saralash bosqich uchrashuvlari oldidan yaxshi tayyogarlik vazifasini oʻtab beradi Osiyo chempionatiga so’ngi bor terma jamoamiz yigirma yil oldin qatnashgan. Bu safargi musobaqada munosib ishtirok etib, xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz”,-deydi legioner futbolchimiz UFA rasmiy saytiga bergan intervyusida
Ibrohim Jalolov
Redaktor