locale OZ

Diyor Imomxo‘jayev PFL rahbarligida qoldi

U o‘z lavozimida yana 4 yil davomida ishlash huquqiga ega bo‘ldi.
Diyor Imomxo‘jayev PFL rahbarligida qoldi
Фото: UzPFL

Diyor Imomxo‘jayev yana PFL direktori lavozimiga qayta saylandi.

19-avgust kuni O‘zbekiston professional futbol ligasi ijroiya qo‘mitasi a’zolari liga bosh direktorini saylash uchun ovoz berishdi.

Mamlakat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Bahodir Qurbonov tomonidan imzolangan taqdimnomaga asosan Liga bosh direktori lavozimi uchun Diyor Imomxo‘jayev nomzodi ilgari surildi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi ijroiya qo‘mitasida onlayn va oflayn tarzda o‘tkazilgan ovoz berish jarayoniga ko‘ra, Diyor Imomxo‘jayev navbatdagi vakolat muddatiga bosh direktor sifatida tasdiqlandi.

Shundan kelib chiqib, tashkilotning amaldagi rahbari joriy yilning 19-avgust sanasidan e’tiboran keyingi to‘rt yil davomida o‘z vazifasini bajarishda davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting