Dirk Kuyt «Fenerbahçe»ga qaytdi
Dirk bosh murabbiyga yordam beradi.
ФОТО: Getty images
Istanbul klubi sobiq hujumchisi Dirk Kuytni o‘z safiga qo‘shdi. Niderlandiyalik mutaxassis jamoa bosh murabbiyi Ismail Kartalning birinchi assistenti etib tayinlandi.
Klub rahbariyati 120 yillik yubiley mavsumida Kuytning tajribasiga katta umid bog‘lamoqda va chempionlikni asosiy maqsad sifatida belgilagan.
«Futbolchilik faoliyati davrida jamoamizning chempionligida katta o‘rin tutgan va sadoqati bilan muxlislar mehrini qozongan Dirk Kuyt uyiga qaytdi. Ayrim aloqalar qayta yaratilmaydi — ular shunchaki hech qachon uzilmaydi. Xush kelibsan, uyingga, Dirk Kuyt», — deyiladi Fenerbahçe matbuot xizmati bayonotida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist