locale OZ

Diogu Jota Tuttosport talqiniga koʻra 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Portugaliyalik futbolchi iyul oyida avtohalokat oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Diogu Jota Tuttosport talqiniga koʻra 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Getty Images

Joriy yilning iyul oyida vafot etgan Diogu Jota Tuttusport nashri talqiniga koʻra 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

«Bu mukofotni Diogu Jotaga topshirishga qaror qildik. Bu tanlov portugaliyalik futbolchining butun futbol olamiga namuna boʻlishini taʼkidlaydi», — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Jota 2025 yilning 3 iyul sanasida, 28 yoshida avtohalokat oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

Futbolchi boʻlgan avtomobil shina yorilishi sabab nazoratni yoʻqotib, yoʻl chetidagi kyuveltga tushib, yonib ketgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting