«Dinamo»ning mavsumdagi ilk gollariga kimlar mualliflik qilgan?
“Dinamo” jamoasining 2026-yildagi dastlabki rasmiy o‘yindagi birinchi goliga Firdavs Abdurahmonov mualliflik qildi.
20 yoshli hujumchi “Navbahor”ga qarshi bahsning 4-daqiqasida O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol etdi.
Jamoaning chempionatlar tarixidagi ilk goliga 1992-yil “Dinamo” afsonasi Hamza Jabborov mualliflik qilgan. Quyida jamoa tarixida mavsumdagi ilk gollarga qaysi o‘yinchilar mualliflik qilgani bilan tanishing:
2026 – Firdavs Abdurahmonov
2025 – Mirjahon Mirahmadov
2024 – Joel Kojo
2023 – Joel Kojo
2022 – Sahob Rashidov
2021 – Faxriddin Alimov
2020 – Avaz Agaliyev
2019 – Amirjon Safarov
2018 – Amirjon Safarov
2017 – Akmal Bozorov
2016 – Amirjon Safarov
2015 – Nikolay Chipev
2014 – San’at Shixov
2013 – To‘lqin Mirzaev
2012 – Ro‘zimboy Ahmedov
2011 – Sergey Gribanov
2010 – Ja’far Irismeov
2009 – Ilhom Yunusov
2008 – Dilshod Sharofutdinov
2007 – Farhod Tojiev
2006 – Ruslan Vagapov
2005 – Anvar G‘ofurov
2004 – Shuhrat Jabborov
2003 – Yegor Gladkov
2002 – Ravshan Bozorov
2001 – Umed Abdurahmonov
2000 – Muhsin Muhammadiev
1999 – Ja’far Irismetov
1998 – Zokir Narziqulov
1997 – Hamza Jabborov
1996 – Hamza Jabborov
1995 – Aleksandr Babayan
1994 – Aleksey Kuzin
1993 – Sharif Fayziyev
1992 – Hamza Jabborov