locale OZ

«Dinamo» Toshkentda yig‘inga kirdi

"Dinamo" jamoasining poytaxtdagi yig‘ini 27 iyun kuniga qadar davom etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» Toshkentda yig‘inga kirdi
Фото: Динамо ПФК

"Dinamo" jamoasi 20 kunlik tanaffusdan so‘ng mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshladi.

Vadim Abramov boshchiligidagi Samarqand jamoasi 9 iyun kuni Toshkentga yo‘l olib, o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Hozirda Azizbek Amonov va Jahongir O‘rozov O‘zbekiston milliy jamoasi safida JCH-2026ga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa, Firdavs Abdurahmonov va Oybek O‘rmonjonov O‘zbekiston yoshlar jamoasi safida yig‘inda ishtirok etmoqda. Tarkibdagi qolgan futbolchilar jamoamiz yig‘iniga kelib qo‘shilmoqda.

"Dinamo" jamoasining poytaxtdagi yig‘ini 27 iyun kuniga qadar davom etadi. Vakillarimiz ushbu oraliqda bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting