locale OZ

Dinamo Rossiyaning 10 karra chempioni Zenit bilan o'ynaydi

Avvalgi o'yin ham 2024 yil Abu-Dabida bo'lib o'tgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dinamo Rossiyaning 10 karra chempioni Zenit bilan o'ynaydi
Фото: Динамо ПФК

Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rayotgan "Dinamo" jamoasi 6 fevral kunidan Birlashgan Arab Amirliklarida ikkinchi xorij yig'iniga kirishadi.

Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi "Dinamo" jamoasining Dubay yig'inidagi dastlabki o'rtoqlik o'yini Rossiyaning 10 karra chempioni – "Zenit"ga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 9 fevral kuni Abu-Dabi shahrida o'tkazilishi belgilangan.

Samarqand jamoasi yanvar oyidagi 1-yig'inda Abu-Dabida Moskvaning CSKA klubini mag'lub (4:3) etgach, bu safar Sankt-Peterburg jamoasi bilan o'yin borasida kelishuvga erishdi. Qayd etish joiz, Vadim Abramov va Sergey Semak shogirdlari so'nggi ikki yilda ikkinchi bor to'qnash kelishmoqda. Avvalgi o'yin ham 2024 yil Abu-Dabida bo'lib o'tgandi.

O'rtoqlik o'yini. 9 fevral (dushanba)
"Zenit" (Rossiya) – "Dinamo" (O'zbekiston).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting