«Dinamo» Nigeriyalik futbolchi bilan xayrlashdi
Futbolchi samarqandliklar safida bir mavsum o'ynadi.
Фото: Динамо ПФК
"Dinamo" jamoasi mavsumlar oralig‘ida tarkibdagi o‘zgarishlarni davom ettirmoqda.
Yakuniga yetgan 2025 yilgi mavsumda jamoa sharafini munosib himoya qilgan Richard Friday bilan amaldagi kelishuv yakuniga yetgani bois, "Dinamo" PFK nigeriyalik legioner bilan xayrlashdi. Richard Emeka jamoada namoyish etgan o‘yinlari bilan "Dinamo"ning kubokda yarim finalgacha yetib borishiga va chempionatda eng yaxshi natijasini takrorlashiga o‘z hissasini qo‘shdi.
"Fridayga Samarqanddagi faoliyati va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan holda, keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz. Hamkorlik uchun rahmat, Friday!", — deyiladi "Dinamo" matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist