«Dinamo» nazorat o‘yini doirasida maydonga tushdi
Birinchi liga vakiliga qarshi maydonga chiqdi.
Фото: Динамо ПФК
“Dinamo” jamoasi bugun, 18-noyabr kuni nazorat bahsida maydonga tushdi.
Murabbiylar shtabi “Dinamo” U21 va U19 jamoasi a’zolari hamda asosiy tarkibda nisbatan kamroq o‘yin amaliyotiga ega futbolchilarni maydonga tushirdi.
Charchin qo‘rg‘onidagi “Dinamo” futbol maktabi stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda jamoamizning aralash tarkibi “Namangan FA” jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi – 7:0.
Nazorat o‘yini. 18-noyabr
“Dinamo” – “Namangan FA” - 7:0
Gollar: Mirjaxon Mirahmadov, Xislat Xalilov, Abdulahad Hoshimov, Oybek Hamroqulov, Behruzbek Obloqulov 2ta, Ulug‘bek Hoshimov.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist