«Dinamo» – «Navbahor» uchrashuvini Temur To‘xtasinov boshqarib boradi
1-tur bahslariga hakamlar tayinlandi.
Фото: UzFHM
Superliga-2026 dastlabki tur hakamlari e'lon qilindi.
Hakamlar markazi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1-tur markaziy o‘yini bo‘lmish “Dinamo” – “Navbahor” uchrashuvini tajribali hakam Temur To‘xtasinov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ziyodullo Abdurahmonov va Abdulhamid Abdurahimov yordam beradi. VAR hakami sifatida Firdavs Norsafarov ishlasa, Sherzod Rajabov uchrashuv komissari etib tayinlangan.
28 fevral (shanba)
Superliga. 1-tur
“Dinamo” – “Navbahor”
Samarqand, “Dinamo” stadioni
Bosh hakam: Temur To‘xtasinov
Qanot hakamlari: Ziyodullo Abdurahmonov, Abdulhamid Abdurahimov.
Zahira hakami: Feruzbek Hidayatov
Uchrashuv nazoratchisi: Timur Galee
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist