Dinamo - Navbahor uchrashuvi chiptalari sotuvda
Vadim Abramov murabbiyligidagi "Dinamo" jamoasi Superliga-2026 1-turining markaziy o‘yinida, 28 fevral, shanba kuni Temur Kapadze boshchiligidagi "Navbahor"ni qabul qiladi. Samarqandda o‘tadigan ushbu uchrashuvga qiziqish nihoyatda yuqori.
Bugun, 25 fevral soat 15:00dan boshlab "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqadi. Bir o‘yinga oddiy toifadagi chipta narxi o‘zgarmagan – 25 ming so‘m. Muxlislar uchun qulaylik sifatida oddiy toifadagi chiptaning yillik abonement ko‘rinishi ham savdoda mavjud. Narxi – 400 ming so‘m etib belgilangan. Yillik chipta xarid qilgan muxlislar 2026 yil davomida Superliga va kubok o‘yinlariga aynan shu abonement bilan kirish huquqiga ega bo‘lishadi.
Bu yildan boshlab stadion ma'muriyati tomonidan markaziy tribunadagi VIP (960 ming so‘m) va CIP (820 ming so‘m) sektorlardagi chiptalar yillik abonement ko‘rinishida sotuvga chiqarilgan va hozirgi vaqtda sotib bo‘lingan. Qolgan istalgan sektorlarda bir o‘yinlik oddiy chiptalar – 25 ming so‘m, yillik abonement esa 400 ming so‘mdan sotilishi boshlanadi.