locale OZ

«Dinamo» muxlislari Jizzaxga borib kelishi uchun 15ta avtobus qo‘yildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» muxlislari Jizzaxga borib kelishi uchun 15ta avtobus qo‘yildi
Фото: Динамо ПФК

Superliga 20-turi doirasida "Dinamo" jamoasi 20 avgust kuni safarda "So‘g‘diyona"ga qarshi maydonga tushadi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, Samarqandlik muxlislarning Jizzaxga tashkiliy tarzda borib kelishi uchun klub rahbariyati tomonidan 15ta avtobus tashkil etiladi. Muxlislarning avtobusda safarga borib kelishi mutlaqo bepul bo‘ladi.

“Jizzaxda qo‘llab-quvvatlashni istovchi muxlislarni 20 avgust, chorshanba kuni soat 15:00da "Dinamo" stadioni yonidagi kassa avtoturargohida kutib qolamiz. Avtobuslar soat 15:30da Jizzaxga jo‘nab ketadi”, - deyiladi xabarda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting