locale OZ

«Dinamo» medallar taqdirini hal qiladigan o‘yin uchun 10 ta avtobusda muxlislarni Qarshiga olib boradi

Muxlislarning safarga borib-kelishi uchun 10ta zamonaviy avtobus ajratildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Dinamo” medallar taqdirini hal qiladigan o‘yin uchun 10 ta avtobusda muxlislarni Qarshiga olib boradi
Фото: Динамо ПФК

Mavsumning eng muhim to‘qnashuvlaridan biri ertaga, 29 noyabr kuni Qarshida o‘tgan yilgi chempion “Nasaf” va “Dinamo” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Samarqand va Qashqadaryoning bosh klublari o‘rtasidagi bahs Superligada kumush yoki bronza medalini aniqlab beradi. Bunday muhim uchrashuvda samarqandlik ishqibozlarning “Dinamo”ni qo‘llab-quvvatlashi nihoyatda muhim. Shu sababli, rahbariyat tomonidan “Dinamo”ni Qarshida qo‘llab-quvvatlash maqsadida muxlislarning safarga borib-kelishi uchun 10 ta zamonaviy avtobus ajratildi.

Muxlislar soat 9:00da “Dinamo” stadioni yonidagi avtoturargohda to‘planishadi va avtobuslar soat 10:00da Qarshi tomon yo‘lga chiqadi. O‘yindan keyin esa yana “Dinamo” stadioniga qaytib olib kelinadi. Yo‘l kira bepul! Qo‘shimcha ma’lumot uchun fan-klub rahbari Shavkat Burhonovga (+998 97 920 24 40) murojaat qilish mumkin.

Superliga. 30-tur
29 noyabr (shanba)
“Nasaf” - “Dinamo”
O‘yin boshlanish vaqti: 15:00
Stadion: Qarshi, “Markaziy”.
TV-translyatsiya: Sport

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting