«Dinamo» «Mash'al»ga qarshi nazorat o'yini o'tkazdi
Jamoa 6 fevral kuni BAAga jo'nab ketadi.
Фото: Динамо ПФК
Toshkentdagi yig'in doirasida "Dinamo" "Mash'al"ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.
O'yinda jamoamiz murabbiylar shtabi bir qator futbolchilarga imkoniyat berib, sinovdan o'tkazishdi. Nazorat uchrashuvida "Dinamo"dan Xislat Xalilov va Bektemir Abdumannnov gol urgan bo'lsa, "Mash'al" vakillari uchta gol urishdi – 2:3.
Jamoa navbatdagi nazorat uchrashuvini 5 fevral kuni "Aral"ga qarshi o'tkazadi va 6 fevral kuni BAAga jo'nab ketadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist