«Dinamo» Mahammadjonov bilan xayrlashdi
Mahammadjonov Superligada 13 o‘yinda bitta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Фото: Динамо ПФК
Superliga-2025 yilgi mavsumining ikkinchi qismida "Dinamo" sharafini himoya qilgan Mahmudjon Mahammadjonov jamoamiz bilan xayrlashdi.
22 yoshli himoyachi yozda "Paxtakor"dan ijaraga olingan edi va kelishuv muddati yakuniga yetgach, klubiga qaytdi.
Qayd etish joiz, Mahmudjon yarim yil ichida o‘z o‘yinlari bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozonishga ulgurgan va "Dinamo"ning eng yaxshi natijasi takrorlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Mahammadjonov Superligada 13 o‘yinda bitta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist