locale OZ

«Dinamo» fan-klubi uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi

«Dinamo» PFKning 2025 yilgi muvaffaqiyatlarida jamoaning ashaddiy va jonkuyar muxlislarining hissasi katta bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» fan-klubi uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi
photo: Dinamo fk

«Dinamo» fan-klubi uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi

«Dinamo» PFKning 2025 yilgi muvaffaqiyatlarida jamoaning ashaddiy va jonkuyar muxlislarining hissasi katta bo‘ldi.

Hoh uyda, xoh safardagi bahslarida bo‘lsin Shavkat Burhonov yetakchiligidagi «Dinamo» fan-klubi jamoamizning «12-o‘yinchisi»ga aylandi. G‘alabali o‘yinlarda bo‘lgani kabi mag‘lubiyatda ham jamoamizga dalda bo‘lishdi va ularni doim olg‘a boshlashdi. «Oq armiya» yil davomidagi faolligi bilan O‘zbekistondagi eng yaxshi fan-klublar qatorida bo‘ldi. Yil yakunida esa «Dinamo» PFK rahbariyati va homiylar jamoaning ashaddiy, jonkuyar va faxriy muxlislariga ham minnatdorchilik ramzi sifatida Yangi yil bayramini tashkil etib berishdi.

Bayramona shukuhda o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbirda «Dinamo» fan-klubi tomonidan bir qator nominatsiyalarda eng fidoyi muxlislar taqdirlandi. Xususan, yil davomidagi faolligi bilan ajralib turgan Xurshed Fayziyev – «yilning eng yaxshi muxlisi» deb topilgan bo‘lsa, San’at Shirmatov – «Eng jonkuyar muxlis» deya e’tirof etildi. Shuningdek, fan-klub rivojiga hissa qo‘shgan muxlislar tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 2026 yilda yanada katta maqsad va rejalar borligi ma’lum qilindi.

Bayram oqshomi yakunida faxriy muxlislar duoga qo‘l ochib, 2026 yil ham «Dinamo» jamoasi uchun muvaffaqiyatli kechishini tilab, tashkilotchilarga e’tibor va e’tirof uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting