locale OZ

«Dinamo» Dubaydagi birinchi o‘yinini Qozog‘iston klubiga qarshi o‘tkazadi

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» Dubaydagi birinchi o‘yinini Qozog‘iston klubiga qarshi o‘tkazadi
Фото: Динамо ПФК

Bugun, 19-yanvar kuni "Dinamo" jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida dastlabki o‘rtoqlik o‘yinini Qozog‘iston Premer-ligasi ishtirokchisi "Qaysar" klubiga qarshi o‘tkazadi.

Qo‘shnilar bilan o‘yin "Al Shabab" klubiga tegishli bo‘lgan Dubaydagi Al Rasheed stadionining zaxira maydonida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 16:00da, Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi. Uchrashuvda jamoamiz murabbiylar shtabi bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan.

O‘rtoqlik o‘yini. 19-yanvar (dushanba)
"Dinamo" (O‘zbekiston) - "Qaysar" (Qozog‘iston)
O‘yin boshlanish vaqti: 16:00 (BAA), 17:00 (O‘zbekiston)
BAA, Dubay. Al-Rashid o‘yingohi maydoni.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting