locale OZ

«Dinamo» darvozasiga 90+6-daqiqada belgilangan penalti – noto‘g‘ri qaror

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» darvozasiga 90+6-daqiqada belgilangan penalti – noto‘g‘ri qaror
«Dinamo» darvozasiga 90+6-daqiqada belgilangan penalti – noto‘g‘ri qaror

Superliga 20-turi doirasida Jizzaxda bo‘lib o‘tgan “So‘g‘diyona” – “Dinamo” (1:1) uchrashuvidagi hakamlik yuzasidan “Dinamo” PFK O‘zbekiston Futbol Hakamlari markaziga shikoyat xati yuborgan edi.

Bugun, 28 avgust kuni O‘FHM “Dinamo” PFKga rasmiy xat yo‘llab, Jizzaxdagi o‘yindagi hakamlik Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilganini rasman ma’lum qildi. Unga ko‘ra:

Uchrashuvning 3-daqiqasida Anvarjon Hojimirzayevning raqib futbolchisi Filip Ivanovich tomonidan yiqitilgan vaziyatida hakamlarning 11 metrlik jarima zarbasi belgilamaganiga to‘g‘ri qaror deb topilgan. Shuningdek, 9, 11, 31, 75-daqiqalardagi vaziyatlarda ham bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi. 90+3-daqiqada Richard Fridayga nisbatan raqib o‘yinchisi tomonidan to‘psiz holatda qo‘pollik qilinganiga esa jarima to‘piga (kartochkasiz) asos bo‘lishi ko‘rsatilgan.

O‘yindagi kulminatsion voqea – 90+6-daqiqada Oleksandr Kucherenko va raqib o‘yinchisi Shohrux Abdurahmonov jarima maydoni ichida to‘p uchun kurashgan vaziyatdagi bosh hakamning VARga murojaat qilib, penalti belgilash qarori esa Ekspert hakamlar komissiyasi tomonidan noto‘g‘ri deb topildi. Bu vaziyatda o‘yin qoidasi buzilmagani va to‘p uchun kurash bo‘lgani ta’kidlangan.

Hakamlari markazi direktori vazifasini bajaruvchi Ma’mur Saidqosimov imzosi bilan yuborilgan javob xatida qayd etilishicha, “So‘g‘diyona” – “Dinamo” o‘yinidagi hakamlarning qarorlari o‘rganib chiqilib, tegishli jazo chorasi ko‘rish uchun hakamlar qo‘mitasiga oshirilgan.

Reglamentning 23-bob, 7-bandidan kelib chiqqan holda, shikoyat Ekspert-hakamlar qo‘mitasida ko‘rib chiqilishi uchun “Dinamo” PFK O‘zPFL hisob raqamiga 10 million so‘m o‘tkazgan edi. Shikoyatda keltirilgan tafsilotlar asosli deb topilganidan kelib chiqib, reglamentning 23.8-bandiga muvofiq, bu mablag‘ klub hisob raqamiga qaytariladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting