locale OZ

«Dinamo» BAAda Qozog‘iston va Rossiya klublariga qarshi maydonga tushadi

Hozirga kelib “Dinamo”ning 3ta o‘rtoqlik o‘yinidagi raqiblari ma’lum bo‘lib ulgurgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» BAAda Qozog‘iston va Rossiya klublariga qarshi maydonga tushadi
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” jamoasi 2026 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida dastlabki xorij yig‘inini Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazadi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoamiz 16-29 yanvar kunlari Abu-Dabi va Dubayda 4ta uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozirga kelib “Dinamo”ning 3ta o‘rtoqlik o‘yinidagi raqiblari ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Samarqand klubi dastlab 17 yanvar kuni Qozog‘istonning “Qaysar” klubiga qarshi maydonga tushsa, 25 yanvar kuni Rossiyaning 6 karra chempioni CSKA Moskva jamoasiga qarshi saf tortadi. 28 yanvar kuni esa “Dinamo” Rossiya Premyer-ligasi vakili “Akron” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Yig‘in doirasida rejalashtirilgan yana bir o‘yindagi raqib aniqlangach, ma’lumot beriladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting