Dinamo BAA yig‘inidagi so‘nggi o‘yinida Elimay bilan durang qayd etdi
“Dinamo” jamoasi BAAdagi yig‘ini doirasida so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.
Vadim Abramov shogirdlari Sharja shahrida Qozog‘iston Premer-ligasi-2025da 4-o‘rinni egallagan “Elimay” klubiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda jangovar durang qayd etildi – 2:2. Gollarimizga Jahongir Abdusalomov va Ulug‘bek Hoshimov mualliflik qildi.
O‘rtoqlik o‘yini. 19 fevral. Sharja, Al Hamriyah Club.
“Elimay” (Qozog‘iston) - “Dinamo” (O‘zbekiston) – 2:2
Gollar: Ivan Sviridov 28, Roman Murtazaev 59 – Jahongir Abdusalomov 38, Ulug‘bek Hoshimov 84.
“Dinamo”: Nemanov, O‘rozov, Dembele, Jumaboyev, Qodirqulov, To‘xtasinov, Mavretich, Sarfo, Abdusalomov, Hojimirzayev, Abdurahmonov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Yagudin, Sanches, Brazil, Mustafoev, Salou, Amonov, Xalilov, Abdumannoonov, U.Hoshimov, Xudoyberdiev