locale OZ

«Dinamo» Ayessa bilan shartnomani bekor qilganini tasdiqladi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Dinamo» Ayessa bilan shartnomani bekor qilganini tasdiqladi
ФОТО: Getty images

“Dinamo” PFK fransiyalik himoyachi Jesa Mabepa Ayessa bilan shartnoma o‘zaro ikki tomonlama bekor qilinganini tasdiqlaydi.

“Jesa yanvar oyi boshida klubimiz safida Toshkentdagi yig‘inda bir necha kun ishtirok etgach, kelishuvni bekor qilishga va ortga qaytishga qaror qildi.

Ikkala tomon o‘zaro moliyaviy da’volar yo‘qligini bildirgan holda, rasmiy ravishda xayrlashishdi. Mabapenning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

Jamoamiz seleksiya ishlarini davom ettirmoqda”, - deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting