«Dinamo» Armanistonning 13 karra chempioniga qarshi maydonga tushadi
O‘zbekiston vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
Фото: Динамо ПФК
Bugun, 11 fevral kuni "Dinamo" jamoasi Dubaydagi ikkinchi yig‘inidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini Yerevanning "Pyunik" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Evrokuboklar ishtirokchisi bo‘lgan Armanistonning 13 karra chempioniga qarshi bahs BAAning Ajman amirligida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 16:30da, O‘zbekiston vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
O‘rtoqlik o‘yini.
11 fevral (chorshanba)
Pyunik (Yerevan) – Dinamo (Samarqand)
O‘yin boshlanish vaqti: 16:30 (BAA), 17:30 (O‘zb)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist