locale OZ

Dín Huysen diskvalifikatsiya qilindi, “Real Madrid” esa ogohlantirildi

21 yoshli futbolchi “Atletiko”ga qarshi Madrid derbisida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi.
Dín Huysen diskvalifikatsiya qilindi, “Real Madrid” esa ogohlantirildi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” himoyachisi Dín Huysen Ispaniya chempionatida bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. 21 yoshli futbolchi “Atletiko”ga qarshi Madrid derbisida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgan edi. Ispaniya futbol federatsiyasi Intizom qo‘mitasi unga bir uchrashuvlik chetlatish jazosi berdi.

Derbining 52-daqiqasida Huysen Giuliano Simeoneni jarima maydonida to‘xtatib qolganidan so‘ng hakam VAR yordamida epizodni qayta ko‘rib chiqdi va himoyachini maydondan chetlatdi. Shundan keyin “Atletiko” penalti ishlab oldi va Alejandro Grimaldo hisobni ochdi. Uchrashuv yakunda “Atletiko”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Bundan tashqari, Intizom qo‘mitasi “Real Madrid” klubini ham ogohlantirdi. Bunga jamoaning tanaffusdan keyin maydonga belgilangan vaqtdan kech qaytgani sabab bo‘lgan — hakam bayonnomasida ikkinchi bo‘lim starti qariyb besh daqiqaga kechikkani qayd etilgan. Klubdan keyingi uchrashuvlarda vaqt reglamentiga qat’iy rioya qilish talab qilingan.

Ma’lumot uchun, derbidagi voqealar sabab “Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning yordamchisi Pedro Luis Ferreyra va “Atletiko” darvozabonlar murabbiyi Pablo Versellone ham bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting