Dibalaga yangi xaridor topildi
Dibala ham Janubiy Amerikaga qaytishga qarshi emas.
ФОТО: Getty images
"Roma" hujumchisi Paulo Dibalaga boshqa klublardan ham qiziqish bildirilyapti.
Jurnalist Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, Braziliyaning “Flamengo” klubi argentinalik 31 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish ko‘rsatmoqda.
Klub futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Dibala ham Janubiy Amerikaga qaytishga qarshi emas.
Paulo Dibala joriy mavsum "Roma" safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta samarali harakatni amalga oshirganicha yo‘q.
Transfermarkt portali ekspertlari jahon chempionining narxini 8 mln yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist