locale OZ

Dibala qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum

Futbolchi “Milan”ga qarshi A Seriya o‘yinida jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dibala qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum
ФОТО: Getty images

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala jarohati sababli safdan chiqdi, deya xabar bermoqda jurnalist Gianluca Di Marzio.

Ma'lumotlarga ko‘ra, argentinalik 31 yoshli futbolchi sonidan olgan jarohati tufayli kamida uch hafta davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Futbolchi “Milan”ga qarshi A Seriya bahsida jarohat olgandi. Tibbiy ko‘rik natijasida u uch hafta davomida “bo‘rilar”ga yordam bera olmasligi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Dibala Italiya chempionatining joriy mavsumida sakkizta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting