locale OZ

Dibala faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Futbolchi 2022 yildan “bo'rilar”da to'p surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dibala faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala tez orada erkin agentga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekoem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Fenerbahche” klubi 32 yoshli argentinalik futbolchiga jiddiy qiziqib qolgan.

Shuningdek, La Liga va MLS vakillari ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. “Boca Xuniors” ham Dibalani ortga qaytarishni maqsad qilgan.

Paulo Dibala joriy mavsumda “Roma” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol va to‘rtta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchi “bo‘rilar” safiga 2022 yilda “Yuventus”dan kelib qo‘shilgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting