Di Mariya Messi bilan xayrlashdi: “Hech kim kutmagan kun rasman yetib keldi”
Anxel Di Mariya Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvi oldidan sobiq jamoadoshiga ta’sirli murojaat yo‘lladi. U uzoq yillar birga o‘ynagan futbolchisi bilan xayrlashish vaqti kelganini ta’kidladi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Di Mariya bu kunni hech kim istamaganini, biroq u baribir kelganini aytgan. U Messining so‘nggi kunlarda xotirjam ko‘rinayotganini ko‘rib, bundan quvonganini ham ta’kidlagan. Shuningdek, Di Mariya Messi Argentina terma jamoasi uchun bor kuchini berganini va undan umrbod minnatdor bo‘lib qolishlarini bildirgan.
Messi 6-oktabrdan 7-oktabrga o‘tar kechasi Buenos-Ayresdagi “Monumental” stadionida Benin terma jamoasiga qarshi Argentina safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bahs uning milliy jamoadagi 21 yillik faoliyatiga yakun yasaydi.
Ma’lumot uchun, Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyati davomida 200 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan va mamlakat futboli tarixidagi eng sermahsul futbolchilardan biriga aylangan. U milliy jamoa bilan Jahon chempionati, ikki bor Amerika Kubogi va Finalissima g‘olibligini qo‘lga kiritgan.