locale OZ

Di Mariya \"Benfika\" bilan klublar o'rtasidagi JChga boradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Di Mariya "Benfika" bilan klublar o'rtasidagi JChga boradi
Photo: Getty Images

Argentinalik vinger Anxel Di Mariya “Benfika” bilan qisqa muddatga shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda A Bola xabar berdi.

Qayd etilishicha, u lissabonliklar bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. 37 yoshli argentinalik va lissabonliklar o'rtasida shartnomani yana ikki haftaga – iyul oyi o'rtalariga qadar uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishilgan.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichida "Benfika" "Boka Xuniors," "Oklend Siti" va "Bavariya"ga qarshi bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting