locale OZ

Desham Salibaning sog‘lig‘i haqida gapirdi

Viljam Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik bellashuvida ishtirok eta oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Desham Salibaning sog‘lig‘i haqida gapirdi
ФОТО: Getty images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan terma jamoa himoyachisi Uilyam Salibaning sog‘lig‘i haqida fikr bildirdi. O‘yin ertaga, 8 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

«U bilan hammasi joyida, u kecha mashg‘ulot o‘tkazdi va bugun ham shug‘ullanadi. Saliba o‘yinga tayyor», — deya Deshamning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Avvalroq Saliba 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting