locale OZ

Desham JCH-2026 favoritlarini aytdi

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining final bosqichida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Desham JCH-2026 favoritlarini aytdi
ФОТО: Getty images

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Jahon chempionati – 2026ning favoriti kim ekanligi haqidagi savolga javob berdi.

«De la Fuente bilan to‘pga egalik qilish o‘yiniga tezlik qo‘shgan Ispaniya. Tezlikni nazorat qilish esa qiyin. O‘z o‘yinchilarining sifati tufayli buyuk futbol mamlakati bo‘lgan Germaniya.

Shuningdek, men chin dildan hayratda bo‘lgan Tuhelning Angliyasi. Past baholamaslik kerak bo‘lgan Portugaliya. Janubiy Amerikaning ikki jamoasi – Argentina va Braziliya. Endi doimiy ravishda rivojlanib borayotgan Marokash bo‘lmasin?» – deya Deshamning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining final bosqichida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Musobaqalar 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting