Desham: «Bizga mana shunday Olise kerak bo‘ladi»
Maykl Shimoliy Irlandiyaga qarshi bahsda xet-trikka erishdi.
ФОТО: Getty images
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Shimoliy Irlandiya bilan bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida hujumchisi Maykl Olisening xet-trigiga baho berdi.
"Bizga aynan shunday Olise kerak bo‘ladi. Maykl "Bavariya" va terma jamoada o‘tkazgan mavsumidan so‘ng yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. U katta muvaffaqiyatlarga erishdi va o‘ziga ishonchi baland. Shuningdek, u kuch sarflashni biladi va bu muhim", — deya Deshamning so‘zlarini keltiradi Radio France Internationale.
Fransiya 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi. Jamoa turnirdagi o‘z yo‘lini I guruhida boshlaydi, u yerda uning raqiblari Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari bo‘ladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist