locale OZ

Desailly: \"Ronaldu MLSda to‘p surishini xohlayman\"

U portugaliyalik yulduzni okean ortiga chorlamoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Desailly: "Ronaldu MLSda to‘p surishini xohlayman"
Photo: Getty Images

Fransiya futbolining afsonasi Marsel Desailly Krishtianu Ronaldu MLSda o‘ynashini istaydi.

“Men Krishtianu Ronalduni 2026 yilgi jahon chempionati tufayli Amerikada ko‘rishni xohlagan bo‘lardim.

Yaqin Sharqdagi jahon chempionatiga qarang: Saudiya Arabistoni tennis, golf va endi futbol kabi sport turlarini rivojlantirishga qaror qildi. Biz Saudiya Arabistoniga eng yaxshi futbolchilarni olib keldik va bu Osiyo, Hindiston, Xitoy, Filippin, Vetnam va boshqa mamlakatlarda futbol rivojlanishiga sabab bo‘ldi.

Shuning uchun ham Ronalduni Amerikada ko‘rishni istardim: u hali mavjud bo‘lmagan futbol madaniyatini olib keladi. Messi turtki berdi, biroq Ronaldu homiylar, hali futbolga sarmoya kiritmagan yirik brendlar tomonidan haqiqiy qiziqish uyg‘ota oladi", – dedi Desailly.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting